O‘zbekiston | 20:27 / 28.10.2024
2001
1 daqiqa o‘qiladi

Foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Shuningdek, yer bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish vakolati ichki ishlar organlariga ham berildi.

Foto: Kun.uz

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonunga ko‘ra, Jinoyat Kodeksiga foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olishni shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takror sodir etganlik uchun, shuningdek foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek yer berish tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga oid