Markaziy Bank zararli ilova yuborayotgan firibgarlar haqida ogohlantirdi
Firibgarlar shu yo‘l bilan fuqaroning mobil qurilmasiga zararli ilovani o‘rnatish orqali rasm va hujjatlar, SMS-xabarlar va qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlarni yashirin tarzda qo‘lga kiritadi.
Firibgarlar messenjerlar orqali fuqarolarga Markaziy Bank ramzlari tushirilgan soxta hujjat yuborib, zararli ilovalarni o‘rnatishga urinmoqda. Bu haqda Markaziy Bank xabar berdi.
Qayd qilinishicha, soxta hujjatlarda go‘yoki fuqaroning mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash uchun «moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis» tomonidan ayrim amallar bajarilishi to‘g‘risidagi yolg‘on axborot ko‘rsatilgan.
Firibgarlar shu yo‘l bilan fuqaroning mobil qurilmasiga zararli ilovani o‘rnatish orqali ushbu qurilmadagi rasm va hujjatlar, SMS-xabarlar va qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlarni yashirin tarzda qo‘lga kiritadi.
Markaziy Bank firibgarlar tuzog‘iga tushmaslik uchun ilovalarni messenjerlar orqali emas, balki rasmiy Google Play va App Store marketlaridan o‘rnatishi tavsiya qilmoqda.
Mavzuga oid
17:55 / 11.12.2024
Kredit olishdan ixtiyoriy voz kechish mexanizmi joriy etiladi
17:05 / 02.11.2024
O‘zbekiston sentabr oyida eng ko‘p oltin sotgan davlatlar qatoriga kirdi
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
19:33 / 05.08.2024