Jahon | 14:30 / 29.10.2024
1636
1 daqiqa o‘qiladi

Misr G‘azoda ikki kunlik sulh tuzishni taklif qildi

Keyin to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi, dedi prezident Abdel Fattoh as-Sisi.

Foto: REUTERS/Hatem Khaled

Misr G‘azo sektorida ikki kunlik o‘t ochishni to‘xtatish va bir necha asirlarni ozod etishni taklif qildi.

Bu haqda mamlakat prezidenti Abdel Fattoh as-Sisiy Qohirada jazoirlik hamkasbi Abdelmajid Tebbun bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Muvaqqat kelishuvga erishilgach, 10 kun ichida G‘azoda to‘liq otashkesimga o‘tish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazilishi kerak», — deydi siyosatchi.

Mavzuga oid