Saida Mirziyoyeva Fashion Trust Arabia taqdirlash marosimida ishtirok etdi
Tadbir Marokashda o‘tkazildi va Yaqin Sharqdagi yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Marokashda Fashion Trust Arabia taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
«Shayx Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy hazrati oliyalarining taklifiga binoan Marokashda «Fashion Trust Arabia» mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdim. Yaqin Sharqdagi yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu nufuzli tadbir kreativ industriya xalqaro maydonda o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etayotganining yorqin namunasi bo‘ldi», deb yozdi u.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, marosimda qatnashish, moda sohasining yetakchi vakillari bilan uchrashish va eng iqtidorli dizaynerlarga mukofotlar topshirilishining guvohi bo‘lish imkonini berdi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Marokash malikasi Lalla Hasnaga mehmondo‘stligi uchun, Shayx Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyga esa unutilmas taassurotlarga boy ushbu kunlarni baham ko‘rgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
20:49 / 19.12.2024
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi
19:14 / 12.12.2024
Saida Mirziyoyeva ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan samarqandlik bolalar bilan uchrashdi
18:52 / 27.11.2024
Prezident ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi
07:03 / 16.11.2024