Turkiyada 8 ming yilga qamalgan Adnan Oktarning mulki musodara qilindi
Horun Yahyo taxallusi bilan tanilgan Adnan Oktarning jinoiy tashkilotiga qarshi ochilgan ish doirasida 215 nafar ayblanuvchi qamoq jazosiga hukm qilindi, ularning ko‘chmas mulklari va transport vositalari musodara qilindi.
Turkiya Oliy Sudi Horun Yahyo taxallusi bilan tanilgan Adnan Oktarning tashkiloti tomonidan jinoyat sodir etishda foydalanilgan va bu jinoyatlardan kelib chiqqan deb hisoblangan ko‘char va ko‘chmas mulklarni musodara qilinishini ma’qulladi. Bu haqda Milliyet xabar berdi.
Musodara qilinadigan mulklar orasida qurol, miltiq, o‘q-dorilar, patronlar va ularning magazini bor bo‘lib, ularning bir qismi jinoyatda, bir qismi esa tashkilotchilik faoliyati doirasida ishlatilgan. Shuningdek, 1 milliondan ortiq turk lirasi, 52 ming dollar, 30 ming yevro va boshqa pul mablag‘lari ham musodara qilindi.
Hukm doirasida 61 ta avtomobil ham davlat hisobiga o‘tkazildi. Shuningdek, 16 nafar sudlanuvchining Istanbuldagi ko‘chmas mulklari ham musodara qilinadigan bo‘ldi.
Adnan Oktar 2018 yilda hibsga olindi. U va uning qurolliy jinoiy tashkilotining 72 nafar a’zosiga nisbatan hukm 2022 yil noyabr oyida Istanbul Oliy jinoyat sudi tomonidan chiqarilgan edi.
Sud tashkilot yetakchisi hisoblangan, sudlanuvchi Adnan Oktarni (Horun Yahyo taxallusi bilan faoliyat yuritgan) jinoiy tashkilotni boshqarish, jinsiy zo‘ravonlik, ta’lim olish huquqiga to‘sqinlik qilish, qiynoqqa solish, ozodlikdan noqonuniy mahrum etish kabi jinoyatlar uchun 891 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud Oktarni boshqa ayblanuvchilarning jinoyatlari uchun ham javobgar deb topdi, chunki u rahbarlik lavozimida ishlagan va unga boshqa ayblanuvchilarning hukmlari bilan birga jami 8658 yil qamoq jazosi berildi.
Bu ishda sud 106 nafar ayblanuvchini «terror tashkilotiga a’zolik» moddasi bilan 4 yil 6 oy, 8 nafar ayblanuvchini esa «terror tashkilotiga a’zo bo‘lmagan holda yordam berish» aybi bilan 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Sud shuningdek, sudlanuvchi Mert Shukani «tashkilotga a’zolik», «jinsiy tajovuz», «qotillikka urinish» jinoyatlari uchun 152 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Tavsiya etamiz
“Pandora qutisi ochildi” - Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Jahon | 22:59 / 13.01.2025
Humo to‘lov tizimi 65 mln dollarga sotildi
Iqtisodiyot | 16:19 / 13.01.2025
Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi
O‘zbekiston | 07:45 / 13.01.2025
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
Fan-texnika | 01:35
-
Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 6 kishiga yetdi. Holatga aloqador Turkmaniston fuqarolari qo‘lga olindi
Jahon | 01:00
-
Kaliforniyada yong‘inlar oqibatida ko‘rilgan zarar 275 mlrd dollarga baholanmoqda
Jahon | 00:28
-
Navoiyda 30 gektar yerni sotishga uringan MChJ rahbari ushlandi
Jamiyat | 23:37 / 14.01.2025
Mavzuga oid
10:30 / 14.01.2025
Firibgarlikda ayblangan o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi
17:15 / 12.01.2025
Erdo‘g‘an yana bir prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yishini istisno etmadi
14:11 / 09.01.2025
Turkiya Suriyadagi kurdlarga harbiy operatsiya bilan tahdid qildi
16:28 / 08.01.2025