O‘zbekiston | 11:50 / 02.11.2024
2278
1 daqiqa o‘qiladi

325 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. 

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi fuqaro E.H. maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasini hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan.

Natijada fuqaro 325,4 mln so‘mlik elektr energiyasini yashirin ravishda talon-toroj qilgan. 

Holat bo‘yicha E.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Mavzuga oid