O‘zbekiston | 12:30 / 02.11.2024
1782
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlayapti
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayapti.
Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi. Vazir elchi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
“Bugungi kunda davlatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik barcha sohalarda misli ko‘rilmagan sur’atni namoyon etmoqda. Ikki davlat qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan janob elchiga samimiy minnatdorligimizni bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladik”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.
2022 yilning noyabr oyida Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgandi.
Mavzuga oid
18:02
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024