Isroil «Hizbulloh»ning yuqori martabali a’zosi qo‘lga olinganini e’lon qildi
Imad Amxaz maxfiy operatsiya chog‘ida o‘g‘irlab ketildi.
Isroil armiyasi «Hizbulloh»ning dengiz qo‘mondoni Imad Amxazni qo‘lga oldi. Bu haqda isroillik jurnalist Barak Ravid ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Jurnalist so‘zlariga ko‘ra, Amxaz Shimoliy Livanda o‘tkazilgan tungi operatsiya vaqtida Isroil harbiy-dengiz kuchlari tomonidan qo‘lga olingan. Qayd qilinishicha, Isroil undan shia harakatining dengiz amaliyotlari haqida ma’lumot olishi mumkin.
Bild xabariga ko‘ra, Isroil harbiylari tezyurar qayiqlarda yetib borib, umumiy dengiz chegarasidan 140 kilometr shimolda joylashgan Livanga kirgan. «Hizbulloh»ning yuqori martabali a’zosi hibsga olingani Isroil tomonidan tasdiqlandi.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024