Jamiyat | 16:16 / 05.11.2024
15398
1 daqiqa o‘qiladi

«Hududgazta’minot» kunlik gaz iste’molini kuzatib borish imkonini beruvchi botni ishga tushirdi

Mazkur bot orqali tabiiy gaz iste’molchilari o‘z xonadonidagi gaz sarfi ko‘rsatkichlari va oylik hisob-kitoblarni kuzatib borishlari hamda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

«Hududgazta’minot» AJ kunlik iste’molni nazorat va monitoring qilib borish funksiyalari jamlangan Telegram bot’ni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

«Mazkur bot orqali tabiiy gaz iste’molchilari o‘z xonadonidagi gaz sarfi ko‘rsatkichlari va oylik hisob-kitoblarni kuzatib borishlari va to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Shu bilan birga bot orqali fuqarolarning murojaatlari ham qabul qilinadi», deyiladi xabarda.

Bungacha iste’molchilar Hududgaz.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqaligina ma’lumotlarni kuzatib borishlari mumkin edi.

Mavzuga oid