Isroil mudofaa vazirining iste’fosi: minglab kishilar namoyishga chiqdi
Isroil prezidenti Itsxak Gersog G‘azo sektoridagi urush avjida mudofaa vaziri Yoav Galantning iste’foga chiqishiga qarshi norozilik namoyishlari chog‘ida mamlakatda davlat to‘ntarishi sodir bo‘lishi xavfidan ogohlantirdi.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant 6 noyabr, chorshanbaga o‘tar kechasi iste’foga chiqqanidan so‘ng, Quddus va Tel-Avivda minglab odamlar mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahuning harakatlariga qarshi ko‘chalarga chiqib, G‘azo sektorida Hamas tashkiloti tomonidan garovga olingan isroilliklarni o‘z vataniga qaytarishni talab qilishdi.
The Times of Israel internet-nashrining yozishicha, Tel-Avivdagi Ayalon shossesining janubiy tomonida namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun politsiya yoqimsiz hidli kuchli suv oqimlaridan foydalanishga majbur bo‘lgan.
Muxolifat yetakchilaridan biri Yair Lapid Isroil fuqarolarini ko‘chaga chiqishga chaqirdi. U urush avjida Galantning iste’foga chiqishini «jinnilik harakati» deb atadi.
Yoav Galantning bayonoti
Ayni paytda Yoav Galantning o‘zi Isroil hukumatini G‘azo sektorida Hamas tashkiloti qo‘lida qolgan garovga olinganlarni tiriklayin uylariga qaytarishga chaqirdi. «Hamas tomonidan o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘il-qizlarimizni qaytarish bizning ma’naviy va axloqiy burchimizdir, - dedi u. - Biz buni ular tirikligida imkon qadar tezroq qilishimiz kerak».
Galantning qo‘shimcha qilishicha, «garovga olinganlarni qaytarish mumkin, ammo bu og‘riqli murosalarni talab qiladi». «Isroil davlati bu murosaga qanday dosh bera olishini biladi» va «Isroil armiyasi buni qanday ta’minlashi mumkinligini biladi», dedi u.
Isroil prezidenti Gersogning Galantning iste’fosi haqidagi bayonoti
O‘z navbatida, Isroil prezidenti Itsxak Gersog Binyamin Netanyahuning mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galantni ishdan bo‘shatish haqidagi qarori fonida urush paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan siyosiy to‘ntarishdan ogohlantirdi. «Isroilga hozir kerak bo‘lgan oxirgi narsa — bu to‘ntarish va urush davom etayotgan paytda burilish nuqtasi», dedi u 5 noyabr kuni kechqurun. Isroil davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat xavfsizligi «barcha fikrlardan ustun» bo‘lishi kerak. «Mamlakat rahbariyatining vazifasi hozirgi vaqtda katta mas’uliyat bilan harakat qilishdir», dedi u.
Shu bilan birga, AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining ismini oshkor etmagan vakili The Times of Israel internet nashriga bergan izohida Vashingtonda Netanyahuga Galantning iste’fosi va bu qarorga nima sabab bo‘lganligi bo‘yicha «savollari borligini» ta’kidladi.
Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi vakili Galantni maqtab, uning vorisi bilan hamkorlik qilishga va’da bergan bayonot bilan chiqqan edi. Biroq, The Times of Israel nashriga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan manba «nisbatan kamroq diplomatik pozitsiyada edi», deb ta’kidladi nashr. «Mudofaa vaziri Galantni ishdan bo‘shatish haqidagi kutilmagan qaror, ayniqsa, ikki urush avjida va Isroil Eronning ehtimoliy hujumidan himoyalanishga tayyorlanayotgan bir paytda tashvish uyg‘otmoqda», — deya amaldorning so‘zlaridan iqtibos keltirgan jurnalistlar.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantning iste’fosi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 5 noyabr kuni mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galant iste’foga chiqqanini e’lon qildi va so‘nggi oylarda u bilan Galant o‘rtasidagi ishonch yo‘qolganini ko‘rsatdi.
Yoav Galant 2022 yilning dekabridan buyon Isroil mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning vorisi sifatida avval Isroil Tashqi ishlar vazirligini boshqargan Israel Kats tayinlandi. Portfelsiz vazir Gideon Saar Tashqi ishlar vazirligi rahbari bo‘ldi.
2023 yilda Netanyahu hukumatning sud-huquq islohotini keskin tanqid qilgani uchun Galantni ishdan bo‘shatgan edi. Shundan so‘ng Isroilda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi va ikki hafta o‘tgach, Galant qayta tiklandi.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024