Isroil armiyasi G‘azo shimolidagi uchta kasalxonaga zarba berdi
Hujumlarda "Kamol Advan" kasalxonasidagi bolalar yaralandi.
Isroil armiyasi G‘azo sektori shimolidagi uchta kasalxonaga hujum qildi, bir necha bola jarohat oldi.
G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori Munir Abdulla al-Burshning "Anado‘lu" nashriga aytishicha, Isroil kuchlari "Kamol Advan", "Al-Auda" va Indoneziya kasalxonalarini o‘qqa tutgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida "Kamol Advan" kasalxonasidagi elektr generatorlari va suv idishlari zarar ko‘rgan va neonatal bo‘limdagi ba’zi bolalar jarohatlangan.
Al-Bursh, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi delegatsiyasi tashrifi chog‘ida shifoxonalar o‘qqa tutilganini ta’kidlab, Isroilning mintaqa sog‘liqni saqlash tizimiga putur yetkazishga urinishlariga e’tibor qaratdi.
"Kamol Advan" kasalxonasi bosh shifokori Hussam Abu Safiye yaralangan bolalardan birining ahvoli og‘ir ekanini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, shifoxonada 120 nafar bemor va yarador bor, ulardan 19 nafari bola va 4 nafari yangi tug‘ilgan chaqaloq.
O‘z navbatida, "Al-Auda" kasalxonasi rahbariyati o‘z bayonotida JSST va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasini tibbiy materiallar va yoqilg‘i yetkazib berishda yordam berishga chaqirdi.
Bayonotda 5 oktyabrdan beri shifoxonaga yoqilg‘i kelmayotgani, ta’minot kamayib borayotgani, tibbiy xizmat ko‘rsatishni davom ettirish uchun zudlik bilan dori-darmon, tibbiy buyumlar, qon, oziq-ovqat va suv zarurligi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024