Jamiyat | 12:50 / 07.11.2024
2456
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda gaz ta’minoti xodimi 2200 dollar bilan ushlandi

Tadbirkorga gaz ta’minoti loyiha hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilgan gaz ta’minoti xodimi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “Sergelitumangaz” gaz ta’minoti mahallada ishlash xizmati gazchisi A.E. N.T. MChJ rahbari R.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida korxona uchun gaz ta’minoti loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid