G‘azo sektorida Isroil hujumlarida 16 falastinlik halok bo‘ldi
Jyebaliya Beled qishlog‘i, Nusayrat qochqinlar lageri va Rafah shahri nishonga olingan.
Isroil armiyasining blokadadagi G‘azo sektorining turli hududlariga uyushtirgan hujumlari natijasida 16 nafar falastinlik halok bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 34 kundan beri hujum ostida bo‘lgan eksklav shimolidagi Jyebaliya Beled qishlog‘ida bir turar joy binosi nishonga olingan. Otishma natijasida 5 nafar falastinlik halok bo‘ldi, ko‘plari yaralandi.
Jyebaliya Beled shahridagi bozorga uchuvchisiz uchoqning hujumi oqibatida yana uch falastinlik halok bo‘ldi.
G‘azo sektorining markaziy qismidagi Nusayrat qochqinlar lagerining g‘arbida bir to‘da falastinlik tinch aholi Isroil armiyasining nishoniga aylandi.
Hujum oqibatida 3 nafar falastinlik halok bo‘ldi, yana 3 nafari yaralandi. Eksklav janubidagi Rafah shahrida otishma natijasida besh nafar falastinlik tinch aholi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari yaralandi.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024