O‘zbekiston | 11:58 / 08.11.2024
2567
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Amaliy tashrif bilan Seulda bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkasblari bilan birgalikda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol tomonidan qabul qilindi.

Foto: Dunyo

"Hamkasblarimiz bilan birga Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari nomidan eng samimiy tilaklarimizni yetkazdik".

Qayd etilishicha, Koreya Respublikasi O‘zbekistonning azaliy va alohida strategik sherigidir. Rahbarlar misli ko‘rilmagan sur’at bilan rivojlanib borayotgan keng qamrovli munosabatlarda yangi sahifa ochgani aytildi.

Ma’lumot uchun, prezident Yun Sok Yol shu yilning 13-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif davomida ikki mamlakat yetakchilari Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Mavzuga oid