Sport | 17:40 / 08.11.2024
6044
2 daqiqa o‘qiladi

«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi

«Makkabi Tel-Aviv» muxlislari Amsterdamda tartibsizlik qilishdi.

Foto: ANP/AFP via Getty Images

UYeFA Yevropa Ligasining 4-turida «Ayaks» Isroil klubini tor-mor etdi (5:0). 

De Telegraaf xabariga ko‘ra, tunda Amsterdam markazining bir necha joylarida futbol muxlislari bilan bog‘liq voqealar sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Tel-Aviv klubi muxlislari taksi haydovchilari va shahar aholisi bilan ziddiyatga borgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda isroillik muxlislar Falastin bayrog‘ini yirtib tashlashayotgani aks etgan. Guvohlarning xabar berishicha, keyinroq bayroq yoqib yuborilgan, shundan so‘ng taksi haydovchilari isroillik muxlislarni ta’qib qila boshlagan.

Tel-Avivlik muxlislar kazinoga yashirinishga majbur bo‘lishgan, taksi haydovchilari esa tashqarida yig‘ilib, mashinalaridan baland ovozda signal berishgan. Yarim soat davomida — politsiya vaziyatni nazoratga olmaguncha, hech kimga kazinoga kirish va chiqishga ruxsat berilmagan.

«Makkabining agressiv bezorilari Falastin bayrog‘ini yirtib tashlashni boshlamaguncha hech narsa sodir bo‘lmadi. Ular o‘tib ketayotgan mashinalarga, shu jumladan taksilarga zarar yetkazishdi.

Keyin ular Dam maydonidagi Falastin bayrog‘iga o‘t qo‘yishdi, bu esa taksi haydovchilarining jahlini chiqardi», — dedi amsterdamlik taksi haydovchilaridan biri.

Mavzuga oid