Puerto-Riko aholisi yana bir bor AQSh tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berdi
Orol aholisining aksariyat qismi Amerika fuqaroligiga ega, ammo ular prezident saylovlarida ishtirok eta olmaydi.
Puerto-Riko orolining maqomi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda aholining ko‘pchiligi AQShga 51-shtat sifatida qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi. Bu haqda mahalliy Nuevo Dia gazetasi xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, ovozlarning 91,35 foizi sanalgandan so‘ng, ovoz berganlarning 56,82 foizi Amerikaga qo‘shilishni, 30,85 foizi orol mustaqilligini, 12,33 foizi esa kengaytirilgan muxtor boshqaruvni qo‘llab-quvvatlagani ma’lum bo‘ldi.
1898 yildan beri erkin assotsiatsiyalangan davlat bo‘lib kelayotgan Puerto-Riko AQSh boshqaruvi ostida, aholisining aksariyat qismi Amerika fuqaroligiga ega. Shunga qaramay, puerto-rikoliklar prezident saylovlarida ishtirok etish huquqiga ega emas.
AQSh orolning maqomi bo‘yicha referendum natijalarini inobatga olishga majbur emas. Orolning AQSh tarkibiga kirishi masalasini kongress hal qiladi.
Avval ham Puerto-Rikoda orolning maqomi masalasi bir necha marotaba ko‘tarilgan. 2012 yil noyabrda o‘tkazilgan referendumda 65 foiz aholi AQSh tarkibiga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, AQSh kongressi bu qarorni ma’qullamagan. Ushbu masala bo‘yicha 2017 yilgi referendumda ovoz beruvchilarning 97 foizi, 2020 yilda o‘tkazilgan referendumda esa 52 foizi orolning AQShga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024