O‘zbekiston | 10:16 / 08.11.2024
1759
2 daqiqa o‘qiladi

YeTTB va YeI O‘zbekistondagi quyosh elektr stansiyasi loyihasiga mablag‘ ajratdi

YeTTB va YeIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish uchun asos solingan Sarimay Solar kompaniyasiga 54,6 mln dollargacha mablag‘ ajratdi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Fransiyaning xalqaro energiya ishlab chiqaruvchisi Voltalia’ga tegishli Sarimay Solar kompaniyasiga O‘zbekistonning Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurish uchun mablag‘ ajratadi

YeTTBning 54,6 million dollargacha bo‘lgan moliyalashtirish paketi 44,8 million dollargacha kredit, shuningdek, qurilish bosqichida Sarimay Solar kompaniyasini qo‘llab-quvvatlaydigan 9 million yevrolik maxsus moliyalashtirish dasturidan iborat bo‘ladi.

Loyiha YeIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 7 million dollarlik kreditning birinchi transhini qoplash kafolatini oladi. YeI mablag‘lari YeTTB faoliyat yuritayotgan YeIdan tashqaridagi mamlakatlarda iqlim o‘zgarishini yumshatish texnologiyalarini joriy qilishni tezlashtirishga mo‘ljallangan.

Moliyalashtirish Sarimay Solar kompaniyasiga 100 MVt quvvatga ega yangi quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanishga topshirishga yordam beradi, bu O‘zbekistonning 2030 yilgacha 25 GVt gacha quyosh va shamol energiyasini ishlab chiqarish maqsadiga hissa qo‘shadi.

Mavzuga oid