O‘zbekiston | 09:10 / 09.11.2024
11551
1 daqiqa o‘qiladi

Shaxmat. Afro‘za Hamdamova – ikki karra jahon chempioni

Shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Afro‘za Hamdamova yana bir tarixiy natijaga erishdi.

Afro‘za Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval g‘alaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi.

U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija ko‘rsatishidan qat’i nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shaxmat maktabi vakili o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi. 15 yoshli hamyurtimiz bugun ikki karra jahon chempioniga aylandi.

Mavzuga oid