Jahon | 17:26 / 13.11.2024
1375
2 daqiqa o‘qiladi

Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi

Levotobi vulqoni 4 noyabr kuni harakatga kelgan va u 2 ming metr balandlikka kul otgandi. Aeroport havo makoniga vulqon kuli natijasida hozircha zarar yetmagan.

Foto: EPA

Bali orolida Levotobi vulqoni otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi, deb xabar beradi BBC.

Nguraxa Rai nomidagi aeroport bosh direktorining ma’lum qilishicha, 12 ta ichki va 22 ta xalqaro reys bekor qilingan, aeroport havo makoniga vulqon kuli natijasida hozircha zarar yetmagan.

Levotobi vulqoni 4 noyabr kuni harakatga kelgan va u 2 ming metr balandlikka kul otgandi. Oqibatda yaqin atrofdagi aholi yashash maskanlarida yong‘inlar yuzaga keldi, hukumat 10 mingdan ortiq fuqaroni evakuatsiya qildi, 9 kishi halok bo‘ldi, shuningdek, 63 kishi jarohat olgan. To‘rtta aeroport vaqtincha yopildi.

Bundan tashqari, Levotobidan taxminan 600 kilometr uzoqlikda joylashgan Labuan-Bajo shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jaz festivali xavfsizlik nuqtai nazaridan keyingi yilga qoldirildi.

Indoneziya Tinch okeanining «Olovli halqa»sida — bir nechta tektonik plitalarning seysmik faolligi yuqori bo‘lgan hududda joylashgan bo‘lib, mamlakatda harakatdagi vulqonlar soni 130 ga yetadi.

Oktyabr oxirlarida Indoneziyadagi eng faol vulqonlardan biri Marapi harakatga kelgandi. Taxminan 2,9 ming metr balandlikda joylashgan vulqon yanvar oyidan beri ikkinchi ogohlantirish darajasida bo‘lib kelayotgandi Lavaning otilishi xavfi sabab alpinistlar va mahalliy aholiga kraterga 3 kilometrdan yaqinroq borish taqiqlangan.

Mavzuga oid