Londonda O‘zbekiston dunyodagi eng yaxshi yangi sayyohlik yo‘nalishi sifatida tan olindi
Turizm industriyasidagi eng yirik tadbir WTM-2024 doirasida Londondagi dunyoga mashhur Tate Modern ko‘rgazma galereyasida Wanderlust Reader Travel Awards 2024 marosimi bo‘lib o‘tdi.
Buyuk Britaniyaning sayyohlari orasida mashhur bo‘lgan, turizm mavzusini yoritishga ixtisoslashgan Wanderlust jurnali o‘quvchilarining fikricha, O‘zbekiston "Eng orzu qilingan rivojlanayotgan manzil" (Most Desirable Emerging Destination) nominatsiyasida g‘olib deb topildi va mukofot bilan taqdirlandi.
Ushbu nominatsiyada 10 ta davlat da’vogarlik qildi va yakunda bosh sovringa O‘zbekiston munosib ko‘rildi.
1993 yildan buyon chop etib kelinayotgan Wanderlust jurnali dunyodagi yetakchi sayyohlik bosma nashrlaridan biri hisoblanadi. Jurnal bosma shaklda va elektron formatda o‘quvchilarga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
14:11 / 18.12.2024
Rossiyada O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb tan olindi
23:25 / 13.12.2024
Londonda 300 metrli ofis binosini qurishga ruxsat berildi
17:33 / 02.12.2024
Yana London - dunyoning eng yaxshi shaharlari e’lon qilindi
11:15 / 29.11.2024