O‘zbekiston 2030 yilgacha Yevropaga 10–15 mlrd kW·h elektr energiyasi eksport qilishi mumkin
Yevropaga «yashil energetika yo‘lagi»ning qiymati 2 mlrd dollardan ortiqqa baholanmoqda, dedi energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov.
2030 yilga borib O‘zbekiston 10–15 milliard kW·h elektr energiyasini xorijga eksport qila oladi. Bu haqda 6 noyabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Yevropa iqtisodiyoti kunlari mavzusida Spot nashriga bergan intervyusida energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov ma’lum qildi.
«2030 yilda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 120–125 mlrd kW·h atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bizda ko‘plab generatsiya obektlari mavjud – taxminan 135 mlrd kW·h. Infratuzilma tayyor bo‘lishi bilan elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish mumkin», – dedi Energetika vazirligi rahbari o‘rinbosari.
Gap elektr energiyasini Yevropaga «kabel koridori» — «yashil yo‘lak» orqali yetkazib berish haqida bormoqda. O‘zbekiston 2030 yildan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan ortiqcha «yashil» elektr energiyasini Ozarboyjon orqali Yevropaga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Iyulda Ostona shahrida O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «Markaziy Osiyo — Ozarboyjon — Yevropa» «yashil energetika» yo‘lagini yaratish loyihasi bo‘yicha protokol imzolagandi. Bahorda Toshkentda bo‘lib o‘tgan investitsiyaviy forumda energetika tizimlarini integratsiyalash bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan.
Spot’ning Yevropaga eksport qilinadigan elektr energiyasi narxi haqidagi savoliga Mamadaminov narxni bozor belgilashi, lekin har kilovatt uchun kamida 4–5 sent bo‘lishini aytdi.
Kecha, 12 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim konferensiyasidagi nutqida O‘zbekistonning Yevropaga “yashil” energiya eksport qilishini ko‘zda tutuvchi ko‘p tomonlama bitim yaqin kunlarda imzolanishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
22:57 / 21.12.2024
Farg‘onadagi portlash, Jizzaxga yangi hokim va kadastrdan tadbirkorlarga “qora xat” - hafta dayjesti
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
20:11 / 19.12.2024
Xalq iste’dodi, vaqti va imkoniyatlarini yo‘qotayotgan muammo
19:28 / 18.12.2024