Xitoy orbitaga yuk tashuvchi ko‘p martalik kosmik kemasini namoyish etdi
U XXR Boshqariladigan parvozlar agentligi tomonidan e’lon qilingan tanlov uchun yaratilgan bo‘lib, keyinchalik ishlab chiqariladigan ikkita loyihadan biri hisoblanadi.
Chendu aviatsiya tadqiqot instituti va Xitoy aviatsiya sanoati korporatsiyasi (AVIC) Haolong nomli ko‘p martalik yuk tashuvchi kosmik kema loyihasini namoyish etdi. U XXR Boshqariladigan parvozlar agentligi tomonidan e’lon qilingan tanlov uchun yaratilgan bo‘lib, keyinchalik ishlab chiqariladigan ikkita loyihadan biri hisoblanadi.
Qayd etilishicha, Xitoy NASA kabi yuklarni past Yer orbitasiga olib chiqib, ortga qaytishga qodir arzon uchuvchisiz boshqariladigan kemani yaratish yo‘lida ilmiy-tadqiqot institutlari hamda sanoat kompaniyalari o‘rtasida tanlov e’lon qilgan. Taklif etilgan variantlar orasidan mutaxassislar ikkitasini tanlab olgan — ulardan biri rasman taqdim etildi. Haolong loyihasining konsepsiyasi hozirda jiddiy tekshiruvdan o‘tmoqda, shundan keyin uni yaratish ustida ishlar boshlanadi.
Yuk tashuvchi yangi kosmik kema Xitoyga Tiangong orbital stansiyasiga ta’minot yetkazish uchun kerak. Bugungi kunda stansiyaga faqat bir marta foydalanish mumkin bo‘lgan Tianzhou kemalari yordamida xizmat ko‘rsatilmoqda — ular atmosferada yonib ketib, chiqindi hosil qiladi. Stansiyadan Yerga qaytadigan barcha tajribalar Shenzhou ekipaj yordamida boshqariluvchi kemalari orqali amalga oshiriladi va bu ko‘plab noqulayliklar tug‘diradi.
Haolong loyihasi haqida hozircha ma’lumot kam. Apparat uzunligi 10 metrni, eni esa 8 metrni tashkil etadi. Shu bilan birga, u orbitaga 1,8 tonna foydali yuk olib chiqishga qodir.
Bu turdagi yuk kemasini Xalqaro kosmik stansiyaga yuk yetkazish va ortga olib kelish bilan shug‘ullanuvchi Sierra Space kompaniyasi yaratgan — uning NASA bilan shartnomasi bor. Dream Chaser apparatining birinchi parvozi esa 2025 yilga mo‘ljallangan. U ham orbitaga chiqqanidan keyin ortga avtomatik rejimda xuddi samolyot kabi qaytib keladi.
Mavzuga oid
22:10
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024
Xitoyda dunyodagi eng katta suvosti tunnelining qurilishi yakunlandi
17:13 / 20.12.2024