Bundestagga GuMni taqiqlash taklifi kiritildi
"Germaniya uchun muqobil" o‘ng populistik partiyasini taqiqlash haqidagi petitsiyani Bundestagning 100 dan ortiq deputati imzolagan.
Bundestag turli fraksiyalarining yuzdan ortiq deputati Germaniya parlamentiga o‘ng populistik "Germaniya uchun muqobil" (GuM) partiyasini man etish to‘g‘risida petitsiya kiritdi. Tashabbus mualliflaridan biri, muxolifatdagi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) a’zosi Marko Vandervitsning 13 noyabr, chorshanba kuni xabar berishicha, hujjatni 113 nafar parlamentariy imzolagan. Ularning aksariyati "Ittifoq-90"/"yashillar" partiyasi vakillari, deya qayd etadi Die Welt. So‘l partiyadan bu tashabbusni to‘rt sobiq partiya yetakchisi qo‘llab-quvvatladi.
Murojaat mualliflari GuMning konstitutsiyaga zid siyosiy birlashma ekanligi haqidagi savol Germaniya Federativ Respublikasi Asosiy qonunining 21-moddasiga muvofiq Federal Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’kidlamoqda. "Xavf ostida bo‘lgan narsa - bizning liberal demokratiyamiz", dedi Vandervits.
GuMni taqiqlash tartibi uchun Bundestagda ko‘pchilik ovozi talab qilinadi
Partiyani taqiqlash tartibi Bundestag, federal yerlarning Bundesratdagi vakili va federal hukumat tomonidan boshlanishi mumkin. Protsedura parlament tomonidan boshlanishi uchun deputatlarning ko‘pchiligi unga ovoz berishi kerak.
Hujjatni imzolaganlardan biri, Germaniyaning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) deputati Karmen Vegge bu masala yuzasidan muddatidan oldin parlament saylovlarigacha qaror qabul qilish zarurligini ta’kidladi. "Biz GuM konstitutsiyaga zid va demokratiyamiz uchun jiddiy xavf tug‘dirishiga qat’iy ishonamiz", dedi Vegge.
Dpa agentligining Bundestag 2025 yil 23 fevralga belgilangan saylovlar oldidan tashabbusni ko‘rib chiqishi mumkinmi degan savoliga Marko Vandervits ushbu qonunchilik davrida, albatta, yalpi muhokamalar bo‘lib o‘tishini, biroq ovoz berish o‘tkaziladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lumligini aytdi.
Mavzuga oid
16:23 / 21.12.2024
GFR prezidenti 27 dekabrda Bundestag tarqatilishini e’lon qiladi
21:27 / 16.12.2024
Bundestag Olaf Sholsning so‘roviga binoan uning hukumatiga ishonchsizlik votumi e’lon qildi
10:50 / 16.12.2024
GuM hamraisi GFRning NATOga a’zoligini shubha ostiga oldi
15:47 / 09.11.2024