Jahon | 17:30 / 14.11.2024
7433
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin

«Issiqko‘l qurib bormoqda. U Orol dengizi taqdirini takrorlamasligi kerak», dedi mamlakat bosh vaziri Oqilbek Japarov.

Foto: informburo.kz

Qirg‘iziston Jogorku Kenesh (parlament) yig‘ilishida deputat Balbak Tuloboyev Issiqko‘l yil sayin qurib borayotganini aytib, Vazirlar Mahkamasi rahbaridan ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘radi.

Bosh vazir Oqilbek Japarov mutaxassislar tomonidan milliy dastur ishlab chiqilayotgani haqida aytdi. Uning so‘zlaridan 24.kg iqtibos keltirdi.

«Qorqiridan Issiqko‘lga suv kelmayapti, Qo‘chqor daryosi ham oldin ko‘lga quyilardi. Dehqonlar buloq suvidan foydalanmoqda. Konferensiyada biz Issiqko‘lni asrash bo‘yicha o‘z rejalarimizni aytib beramiz. Unga butun dunyodan olimlarni taklif qilamiz. Issiqko‘l qurigan Orol dengizi taqdirini takrorlamasligi kerak», dedi u.

24.kg nashriga ko‘ra, Issiqko‘lni saqlab qolish uchun Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga kamroq suv berishi mumkin. Oqilbek Japarov Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

«Ularga Issiqko‘lni saqlab qolish zarurligi tushuntiriladi», dedi u.

Mavzuga oid