Jamiyat | 17:14 / 20.11.2024
2287
2 daqiqa o‘qiladi

Chirchiq shahrida 4 tup yong‘oqni kesgan shaxs tabiatga 247 million so‘m zarar yetkazdi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “D.S” MChJ mas’ul xodimi qurilish qilish uchun 4 tup yong‘oq daraxtini noqonuniy kesgan.

Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida o‘sayotgan 4 tup yong‘oq kesib tashlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Aniqlanishicha, shaharning “Iftixor” MFY Yangi O‘zbekiston massivi kirish qismidagi 4 tup yong‘oq kesib tashlangan. Daraxtlar savdo do‘konlari va maishiy xizmat ko‘rsatish obektlari qurish uchun mo‘ljallangan yer maydonida bo‘lgan. Ekologiya boshqarmasi inspektorlari yong‘oqlarni “D.S” MChJ mas’ul xodimi ruxsatnomasiz kesganini aniqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, huquqbuzar “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari talablarini buzgan va tabiatga 247,5 million so‘m miqdorida zarar yetkazgan. Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Oldinroq Yangiyo‘lda 5 tup daraxtni noqonuniy kesib tashlagan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazgani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid