Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
Haagadagi sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netayahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumonlamoqda.
Xalqaro jinoiy sud (XJS) Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va 5 noyabr kuni iste’foga chiqarilgan mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi. Bu haqda sud press-relizida so‘z boradi.
Sud Netahyahu va Galantni 2023 yil 8 oktyabrdan 2024 yil 20 mayga qadar G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda.
Xalqaro jinoiy sudga ko‘ra, odatda hibsga olish orderlari «maxfiy» tamg‘asi ostida tasniflanadi, ammo bu holatda ushbu ma’lumotni e’lon qilishga qaror qilingan, chunki orderda ko‘rsatilgan holatlar hamon davom etmoqda.
Endilikda, Rim statuti (Xalqaro jinoiy sudning asos hujjati)ni ratifikatsiya qilgan mamlakatlar Netanyahu va Galantni hibsga olish majburiyatiga ega.
XJS, shuningdek, HAMASning harbiy qanoti rahbari bo‘lgan Muhammad Deyfni ham hibsga olishga order bergan. Ammo Isroil harbiylari Deyf iyul oyida G‘azoga qilingan hujum oqibatida o‘ldirilganini bildirgan.
Bu uch nafar shaxsni hibsga olishga order berilishini 2024 yil may oyida XJS prokurori Karim Xon so‘ragan edi. Shuningdek, u HAMASning yana ikki yetakchisi — Yahyo Sinvar va Ismoil Haniyaning hibsga olinishiga ham order berilishini so‘ragandi. O‘tgan vaqt davomida Sinvar G‘azo sektorida, Haniya esa Tehronda o‘ldirildi.
Netanyahu XJS prokurorining so‘rovini «mojaroli» deb atab, bu na uni va na Isroilni to‘xtata olishini ta’kidlagandi. Iyun oyida Xalqaro jinoiy sud Netanyahu va Galantning hibsga olinishiga orderlar berilishi bo‘yicha qarorni kechiktirgani ma’lum bo‘ldi. Bunga Buyuk Britaniya 10 iyun kuni XJSning Isroil borasidagi yurisdiksiyasiga nisbatan tanbeh berish yuzasidan ariza kiritgani sabab bo‘lgan. Ammo Britaniyada hukumat almashganidan keyin ushbu ariza qaytarib olingan.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro jinoyat sudi 2023 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga ham order bergandi. Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarida bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilganlikda gumonlanmoqda.
- Ayni paytda, BMTning Xalqaro adolat sudida (XJSdan alohida yurisdiksiya) Janubiy Afrika Respublikasining G‘azoda Isroil tomonidan genotsid amalga oshirilayotgani haqida kiritgan da’vosi bo‘yicha sud jarayonlari ham davom etmoqda.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024