Jahon | 11:53 / 22.11.2024
4367
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyaning 50 ta bankiga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

50 dan ortiq Rossiya banklari, 40 ta qimmatli qog‘ozlar registratori va 15 moliya xodimi Ukrainadagi urush tufayli AQSh sanksiyalarining yangi paketiga duchor bo‘ldi.

Foto: AP

Rossiyaning 50 dan ortiq banklari, 40 ta qimmatli qog‘ozlar registratorlari va moliya sektori bilan bog‘liq bo‘lgan 15 mansabdor shaxs AQSh tomonidan yangi sanksiyalar paketiga duchor bo‘ldi. Bu haqda 21 dekabr, payshanba kuni AQSh Moliya vazirligi saytida Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) e’lon qilgan xabarda aytiladi.

Boshqalar qatorida Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada ham xuddi shunday ro‘yxatda turgan Gazprombankka sanksiya qo‘yilgan. Bundan tashqari, BKS-bank, «Tsentrkredit», «DOM.RF», «Sinara» va boshqa ko‘plab banklarga nisbatan cheklovlar joriy etildi.

OFAC ma’lumotida, shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining o‘ndan ortiq xodimlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki raisining ikki birinchi o‘rinbosarlari Vladimir Chistyuxin va Dmitriy Tulin, shuningdek, Rossiya banki raisi o‘rinbosari Olga Polyakova ham qayd etilgan.

Gazprombankka qarshi sanksiyalar Yevropaga gaz yetkazib berishga ta’sir qilishi mumkin

TASS agentligi Vengriya TIV vakiliga tayanib yozganidek, Gazprombankka nisbatan joriy qilingan sanksiyalar mamlakat «ishonchli energiya ta’minotini ta’minlashga» to‘sqinlik qilmaydi va vazirlik AQShdan yangi cheklovlarni o‘rganayotganini ta’kidladi hamda agar kerak bo‘lsa, «Gazprom» bilan Rossiyadan keyingi gaz yetkazib berish bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkaziladi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli joriy qilingan yangi sanksiyalarning oqibatlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan gaz eksport qilishda davom etayotgan Slovakiya tomonidan ham o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid