O‘zbekiston | 09:40 / 22.11.2024
4014
2 daqiqa o‘qiladi

Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi

O‘zbekiston oktyabr oyida 833,4 million dollarlik oltin eksport qildi. Yil boshidan buyon ushbu metall eksporti hajmi 6,6 mlrd dollardan oshdi. 

Foto: Getty Images

O‘n oy ichida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 54,36 milliard dollarni tashkil etdi

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 6,7 foizga oshgan. Bunga eksportning sezilarli o‘sishi (22,42 mlrd dollar, +9,6 foiz), shuningdek, importning o‘sishi (31,92 mlrd dollar, +4,7 foiz) sabab bo‘ldi.

Oktyabr oyida O‘zbekiston oltinni sotishni davom ettirdi va 833,4 million dollarlik oltin sotdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metall eksporti hajmi 6,6 mlrd dollardan oshdi (yillik ko‘rsatkichda 3,5 foizga pasayish).

Oltindan tashqari, sanoat mollari tovar eksportining asosiy qismi bo‘lib qolmoqda. Yil boshidan buyon ularni yetkazib berishdan tushgan tushum 3,4 mlrd dollarga (+0,8 foiz) yetdi.

Tovarlar importi tarkibida mashinasozlik mahsulotlari 11,21 mlrd dollar (-4,2 foiz) bilan yetakchilik qilmoqda. Avtomobillar va butlovchi qismlarni yetkazib berish 2,68 mlrd dollar (-23,8 foiz), elektrotexnika — 1,65 mlrd dollar (+22,2 foiz), energiya generatorlari — 917,8 mln dollar (+29,9 foiz), aloqa qurilmalari — 866 mln dollar (+16,1 foiz)ni tashkil etdi.

Ikkinchi o‘rinni sanoat tovarlari egalladi — 4,96 mlrd dollar (-3,2 foiz). Cho‘yan va po‘lat (2,19 mlrd dollar, +5,6 foiz), yog‘och mahsulotlari (327,8 mln dollar, +7 foiz) va rangli metallar (312,3 mln dollar, +11,4 foiz) importi oshdi.

Yoqilg‘i va yoqilg‘i-moylash materiallari yetkazib berish hajmi yarmidan ko‘proqqa ko‘payib, 3,26 milliard dollarga yetdi. Rossiya va Turkmanistondan gaz importi 2,4 baravarga o‘sib, 1,36 million dollarni tashkil etdi. Neft va neft mahsulotlari uchun xarajatlar 1,66 milliard dollarga yetdi (yiliga 33,3 foiz).

Mavzuga oid