Jahon | 12:43 / 22.11.2024
1265
2 daqiqa o‘qiladi

RKN VPN haqidagi ilmiy ma’lumot va statistikani bloklaydi

Roskomnadzor Rossiyada bloklashni chetlab o‘tish uchun VPN xizmatlariga oid ilmiy, texnik va statistik ma’lumotlarni bloklaydi.

Foto: AP

VPN xizmatlari haqidagi ilmiy va ilmiy-texnik ma’lumotlar, shuningdek, statistik ma’lumotlar Rossiyada taqiqlangan va bloklangan deb hisoblanadi. Bu haqda 21 noyabr, payshanba kuni Roskomnadzor (RKN) buyrug‘iga tayanib, «Interfaks» agentligi xabar berdi. Matndan ko‘rinib turibdiki, «masofaviy kirish xavfsizligini ta’minlash uchun» faqat VPN haqidagi ma’lumotlar uchun istisno qilinadi.

RKN buyrug‘i loyihasiga tushuntirish xatida «Rossiya Federatsiyasida bloklangan resurslarga jismoniy shaxslarga kirishni ta’minlashdan iborat VPN xizmatlarini yaratish va o‘rnatish usullarini tavsiflovchi ma’lumotlar» taqiqlangan deb hisoblanadi.

AQSh bigtexni RF va Erondagi senzurani chetlab o‘tishga yordam berishga chaqirdi

2024 yil sentabr oyida Oq uy avtoritar davlatlarda internet senzurasini chetlab o‘tish vositalarini tarqatish va ishlatishni targ‘ib qilish maqsadida Amazon, Microsoft, Cloudflare va Google egasi Alphabet kabi texnologiya gigantlari vakillari bilan uchrashuv tashkil qilgani ma’lum bo‘ldi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika rasmiylari va fuqarolik faollari vakillari, xususan, bigtex bilan Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Ochiq texnologiyalar jamg‘armasi (OTF) tomonidan homiylik qilingan VPN xizmatlarini muhokama qilishgan. Tashkilot prezidenti Lora Kanningemning Reuters agentligiga aytishicha, so‘nggi yillarda qator avtoritar davlatlarda bu sohaga talab keskin oshgan. «Oxirgi bir necha yil ichida biz VPN'ga bo‘lgan talab, asosan, Rossiya va Erondagi foydalanuvchilar tomonidan ortib borayotganini ko‘rdik», dedi u.

Dunyoda bunday xizmatlarning mashhurligi ortib borayotgani sababi, xususan, Rossiya Federatsiyasida internet senzurasining kuchayishi ekani aytilgan.

Mavzuga oid