O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
Onlayn formatda ikki davlat Tashqi ishlar vazirligining tegishli boshqarmalari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston-Shveytsariya siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Shveytsariya o‘rtasidagi turli sohalardagi ko‘p qirrali munosabatlarning holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar turli darajadagi o‘zaro tashrif va tadbirlarni birgalikda rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish, shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini 2025 yilda Bern shahrida o‘tkazishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 7 mayda o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
19:11 / 29.11.2024
Shveytsariyaning Lombard Odier banki Gulnora Karimova ishi bo‘yicha pul yuvishda ayblandi
14:54 / 21.11.2024
O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida birinchi siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
18:03 / 14.10.2024