O‘zbekiston va Eron innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini muhokama qilyapti
InnoWeek.uz-2024 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekiston–Eron innovatsion texnologiyalar biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur biznes-forum O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Eronning Ilm-fan, texnologiyalar va bilimga asoslangan iqtisodiyot bo‘yicha vitse-prezidenti ofisi, ikki mamlakat elchixonalari tomonidan tashkil etildi.
Ushbu biznes-forumda 80 nafardan ortiq kompaniyalar, eronlik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar, ilm-fan, davlat boshqaruv organlari, hokimlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari hamda tadbirkorlar o‘z ma’ruzalarida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek, innovatsion va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi pog‘onaga chiqarish dolzarb ekanligini bildirdilar.
Eronning Ilm-fan, texnologiyalar va bilimga asoslangan iqtisodiyot bo‘yicha vitse-prezidenti ofisi vakillari O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan fors tadbirkorlari tomonidan ijobiy baholanayotgan sharoitlar, boshqa tadbirkorlik sub’yektlarining ham biznes qilishga ishtiyoqi yuqori ekanligini ma’lum qilishdi.
Farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va veterinariya, axborot texnologiyalari, neft-gaz va kimyoviy texnologiyalar, konchilik va metallurgiya sanoati sohalarida bo‘lib o‘tgan B2B shaklidagi uchrashuvlarda eronlik tadbirkorlar o‘zbekistonlik hamkorlari bilan yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Mavzuga oid
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
19:15 / 15.12.2024