Bundesver so‘rovi: GFRda UQKga qurol-yarog‘ berilishini qo‘llab-quvvatlash kuchaymoqda
Yil davomida Ukrainaga qurol yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlayotgan Germaniya aholisi ulushi 49 foizgacha oshgan. Populistik partiyalar tarafdorlari, shuningdek, Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lmaganlar bunga qarshi.
Bundesverning yillik so‘roviga ko‘ra, Germaniyada Ukrainaga harbiy yordamni qo‘llab-quvvatlash kuchaymoqda. 25 noyabr, dushanba kuni Der Spiegel'ning tadqiqotga tayanib yozishicha, so‘rov ishtirokchilarining 49 foizi Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiyadan himoyalanishda yordam taqdim etishni qo‘llab-quvvatlamoqda, bu bir yil avval qayd etilgan ko‘rsatkichdan 4 foizga yuqori.
Populistlar tarafdorlari va GFR fuqarosi bo‘lmaganlar - qurol yetkazib berishga qarshi
«Germaniya uchun muqobil» va «Sara Vagenknext ittifoqi» populistik partiyalari saylovchilari, shuningdek, ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan mamlakat aholisigina Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga qarshi, deb yozadi haftalik.
Shu bilan birga, Ukrainaga qurol yetkazib berishni ma’qullash darajasi ko‘p jihatdan respondentlar Rossiyani Germaniya xavfsizligiga tahdid deb bilishiga bog‘liq, deb yozadi nashr. Umuman olganda, respondentlarning 65 foizi Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzkorligi va Rossiyaning qurol-yarog‘i ko‘payishini Germaniya uchun xavf deb biladi. Der Spiegel ta’kidlaganidek, Bundesver tadqiqoti Germaniya aholisining Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlashi kamayganini aks ettirgan boshqa so‘rovlar natijalarini rad etadi.
50 yoshgacha bo‘lgan erkaklar 60 foizdan ortig‘i mamlakatni qurol bilan himoya qilishga tayyor
Shu bilan birga, qo‘lida qurol bilan o‘z vatanini himoya qilishga tayyor bo‘lgan nemis aholisining nisbati ortib bormoqda. Oxirgi so‘rovda respondentlarning 42 foizi bunday tayyorlikni tasdiqladi (bir yil avvalgidan 3 foizga ko‘p). 50 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda bu ko‘rsatkich 61 foizni, ayollarda 21 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, respondentlarning 46 foizi Germaniyada umumiy harbiy majburiyatga qaytish zarur deb hisoblaydi, 25 foizi majburiy harbiy xizmatni qat’iyan rad etadi. So‘rovda qatnashganlarning yarmidan ko‘pi – 60 foizi majburiy harbiy xizmatni qaytarish mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaydi, deb hisoblaydi. So‘rov ishtirokchilarining 85 foizi Bundesverga ishonishlarini, 57 foizi esa Germaniya mudofaa budjetini oshirish talablarini qo‘llab-quvvatlagan.
Vakillik so‘rovi doirasida Bundesver Germaniyaning deyarli ikki ming aholisi fikrini yozib oldi. Bundesver 1996 yildan beri har yili aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazadi. Uning maqsadi qurolli kuchlarning mamlakat aholisi orasida jamoatchilik tomonidan qabul qilinishini baholashdir.
Mavzuga oid
08:00
GFRda Magdeburg bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruvlar o‘tkaziladi
16:23 / 21.12.2024
GFR prezidenti 27 dekabrda Bundestag tarqatilishini e’lon qiladi
16:39 / 19.12.2024
GFR diplomatlari Suriyadagi isyonchilar bilan aloqa o‘rnatdi
13:10 / 16.12.2024