Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
Holat Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani bilan chegaradosh bo‘lgan Tojikistonning Xatlon viloyatida sodir bo‘lgan.
Tojikistonda yosh bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangan. Bu haqda Avesta xabar bermoqda.
Xatlon viloyati IIB tezkor qidiruv orqali bolalarga shafqatsiz munosabatda gumonlagan shaxs — 1970 yilda tug‘ilgan Oynagul Jonmirzoyevani qo‘lga olgan. U Jaloliddin Balxiy tumanidagi Frunze qishlog‘ida yashab kelgan. Dastlabki tergov jarayonida bolalar ayolning nevaralari ekanligi aniqlangan.
Ayol nima sababdan nevaralariga bunday munosabatda bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Buni aniqlash va holatga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borilayotgani ta’kidlangan.
Avvalroq bu holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida tarqalgani ortidan Bolalar ombudsmani rasmiy bayonot berib, holat O‘zbekistonda emas, balki aholisining ko‘p qismini o‘zbeklar tashkil qiladigan Tojikistonning Xatlon viloyatida sodir bo‘lgani bildirgandi. Shuningdek, unda bolalarning onasi ishlashga Rossiya ketganligi, ular tog‘asining qo‘lida qolganligi keltirilgandi.
Mavzuga oid
08:57
Oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga tez yordam ko‘rsatish markazlari modeli joriy etilishi mumkin
15:29 / 19.12.2024
Indoneziyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
13:50 / 02.12.2024