Sport | 17:43 / 30.11.2024
13320
3 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Metallurg» «Nasaf»ni mag‘lub etib «Lokomotiv»ni Proligaga ravona qildi, OKMK o‘z tarixida ilk bor kumush medallarni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston chempionatida mavsum yakunlandi va so‘nggi tur natijalariga ko‘ra kumush hamda bronza medallar sohiblari, Proligaga tushib ketgan jamoa aniqlandi. 

So‘nggi o‘rindagi «Metallurg» kutilmaganda chempion «Nasaf» maydonida g‘alaba qozonib, 13-o‘ringa ko‘tarildi. Natijada «Neftchi» bilan durang o‘ynagan «Lokomotiv» Proligaga ravona bo‘ldi. 

«Metallurg» «Surxon»ga yutqazgan «Olimpik» bilan birga Pro liga jamoalari — «Qo‘qon-1912» hamda «Sho‘rtan»ga qarshi o‘tish bosqichida qatnashadi. 

OKMK o‘z uyida «Qizilqum»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor kumush medallarga sazovor bo‘ldi.

Namanganda o‘tgan vodiy derbisida kubok finalida bo‘lgani kabi «otishma» bo‘ldi va «Navbahor» 90+7-daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi va shu bilan birga 11-bor bronza medallarini qo‘lga kiritdi. 

«So‘g‘diyona» esa «Dinamo»ga yutqazib, 4-o‘ringa tushib ketdi va medallarsiz qoldi. 

Toshkent derbisida «Bunyodkor» «Paxtakor» ustidan g‘alaba qozonib, yuqori divizionda qolishni uddaladi. 

«Paxtakor» hujumchisi Dragan Cheran 13 ta gol bilan Superliga to‘purari bo‘ldi. 

Superliga. 26-tur. 30 noyabr
Navbahor — Andijon 3:3

Gollar: Jamshid Iskanderov (54, penalti), Yovan Jokich (60), Ruslan Jiyanov (90+7) — Sardor Azimov (45), Rustam Turdimurodov (62), Islom Mamatkazin (73). 

Bunyodkor — Paxtakor 2:0
Gollar: Andriya Filippovich (36), Momchilo Raso (79). 

Lokomotiv — Neftchi 2:3
Gollar: Ivan Rogach (12), Sardor Abdunabiyev (30) — Abbos G‘ulomov (39), Bilol Toshmirzayev (40), Sanjar Qodirqulov (90+2). 
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Husayn Norchayev (56, Neftchi). 

Nasaf — Metallurg 1:2
Gollar: Sherzod Nasrullayev (45+2) — Marko Milichkovich (45+9), Daler Sharipov (54). 

OKMK — Qizilqum 1:0
Gol: Oybek Rustamov (78). 

Dinamo — So‘g‘diyona 1:0
Gol: Joel Kojo (78). 

Surxon — Olimpik 3:0
Gollar: Muhammadali Abjurahmonov (35), Behruz Shaydulov (61), Abdug‘ofur Haydarov (90+3). 
Chetlatish: Ahmadjon Anvarov (39).

Mavzuga oid