10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon-toroj etilgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 10 oyda ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 milliard so‘mi talon-toroj qilingani aniqlangan.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, 2024 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida bunday holatlar ortidan 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bu davrda kredit mablag‘lari talon-toroj qilinishi oldini olish, muammoga aylangan qarzdorliklar qaytarilishini ta’minlash ishlari ustidan nazorat yanada kuchaytirildi.
Prokuratura aralashuvi bilan qarzdorliklarning 11,6 trillion so‘mi amalda undirildi, 8,9 trillion so‘m bo‘yicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi ta’minlandi, 1,6 trillion so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida mablag‘larning 2,5 trillion so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
2024 yilgi investitsiya dasturi asosida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan obektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 61,2 milliard so‘mlik sifatsiz ishlar va 82,1 milliard so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning oldi olindi.
Mazkur dastur ijrosi bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 466 nafar shaxs intizomiy, 1854 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qo‘pol qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 262 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 71 milliard so‘m zarar undirildi.
Mavzuga oid
22:36 / 20.12.2024
Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi
19:59 / 17.12.2024
Qoraqalpog‘istonda 1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
10:02 / 19.10.2024