Xitoy AQShning Tayvanga qurol yetkazib berganiga javob choralari bilan tahdid qildi
Pekin Amerikaning Tayvanga qurol yetkazib berishiga va Tayvan prezidentining Havayiga tashrifiga norozilik bildirmoqda. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi «suverenitet va hududiy yaxlitlikni» himoya qilish uchun «qat’iy choralar» bilan tahdid qildi.
Xitoy rasmiylari Qo‘shma Shtatlar Tayvanga qurol sotishga ruxsat berganidan norozilik bildirdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 1 dekabr, yakshanba kuni «o‘z suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini qat’iy himoya qilish» uchun «kuchli choralar» bilan javob berishini bildirdi.
Pekin Vashingtonni Xitoy o‘zining isyonkor provinsiyasi deb hisoblagan Tayvanga qurol yetkazib berishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Bir kun avval Amerika Davlat departamenti Taybeyga umumiy qiymati 385 million dollarlik yana bir qurol partiyasini sotishga ruxsat bergani xabar qilingandi. Gap F-16 qiruvchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlar, radar tizimlari, shuningdek, modernizatsiya qilingan mobil aloqa uskunalarini yetkazib berish haqida bormoqda.
XXRning Tayvan prezidentining Havayida qabul qilinishiga qarshi noroziligi
Xitoy, shuningdek, Tayvan prezidenti Uilyamu Lay (Lay Tsinde)Tinch okeani mintaqasiga safari doirasida AQShning Havayi shtatida yuqori darajada qabul qilinganidan g‘azablandi. Pekin Qo‘shma Shtatlarni buning uchun «eng kuchli tarzda» qoraladi va Vashingtonga «jiddiy norozilik» bildirdi, deya ma’lum qildi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi. Idoraning ta’kidlashicha, Xitoy «voqea rivojini diqqat bilan kuzatib boradi va o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘radi».
Lay turnega 30 noyabrda yo‘l oldi. Uni Honolulu aeroportida qizil gilamda kutib olishdi, deb xabar berdi uning ofisi. Qayd etilishicha, Tayvan prezidenti hech qachon bunday darajada kutib olinmagan.
Uilyam Lay Havayiga tashrifidan so‘ng Marshall orollari, Tuvalu va Palauga tashrif buyuradi. Tayvan prezidenti may oyidan beri o‘z lavozimini egallab turibdi, u o‘zidan oldingi Tsay Invenga qaraganda Tayvanning suvereniteti haqida ko‘proq gapiradi. Shuning uchun Pekin uni separatistlar qatoriga qo‘yadi, deb ta’kidlaydi AFP.
Mavzuga oid
11:25
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024
Xitoyda dunyodagi eng katta suvosti tunnelining qurilishi yakunlandi
20:35 / 21.12.2024
Bayden Tayvanga 570 mln dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni buyurdi
17:13 / 20.12.2024