Fransiya klubi Abbosbek Fayzullayev uchun 15 million yevro to‘lashga tayyor – OAV
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda TsSKA klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Rossiyaning «RB Sport» xabariga ko‘ra, «Monako» klubi o‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchining transferi uchun Moskva jamoasiga 15 million yevro to‘lashga tayyor.
Qayd etilishicha, ushbu taklifga qaramay TsSKA klubi qishki transfer oynasida Fayzullayevni sotib yuborishni istamayapti, klub futbolchi bilan xayrlashishga tayyor emas.
Ma’lumot uchun, Abbosbekning TsSKA bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning iyun oyiga qadar imzolangan. U 2023 yilning yozida 500 ming yevro evaziga «Paxtakor»dan TsSKAga o‘tgan edi. Fayzullayev joriy mavsum RPLda 15 o‘yinda 2ta gol va 3ta assist qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Fransiyaning «Lans» klubi safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov to‘p surmoqda.
Mavzuga oid
16:46 / 12.12.2024
Fayzullayevning transfer bahosi yana 2 million yevroga oshdi
17:46 / 29.10.2024
Abbosbek Fayzullayev - Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi!
16:08 / 18.10.2024
Abbosbek Fayzullayev – «Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi» sovriniga da’vogar
21:43 / 05.06.2024