Iqtisodiyot | 10:13 / 03.12.2024
3071
1 daqiqa o‘qiladi

Noyabr oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi

2024 yil noyabr oyi oxirida O‘zbekistonda rekord darajadagi past inflatsiya 0,93 foizni tashkil etdi.

Foto: Shutterstock

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, yillik inflatsiya (2023 yil noyabriga nisbatan) 10 foizgacha pasaydi (bir oy avval bu ko‘rsatkich 10,24 foiz edi), yil boshidan esa (yanvar-noyabr) narxlar o‘rtacha 8,67 foizga oshdi. Markaziy bank yil davomida inflatsiyani 9,5 foiz darajasida prognoz qilmoqda.

O‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 1 foizga oshdi (yillik hisobda — 2 foizga o‘sdi). Nooziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga (8,3 foizga), pullik xizmatlar narxi 0,8 foizga (27,8 foiz) qimmatlashdi.

Go‘sht tannarxining o‘sishi sekinlashdi: suyakli mol go‘shti — 0,3 foiz. Shakar 3 foizga, guruch 5,5 foizga, un 1,2 foizga arzonlashdi.

Dori-darmonlar narxi o‘sishda davom etmoqda va noyabr oyida yana 0,7 foizga oshgan (yil boshidan buyon 25,1 foiz).

Mavzuga oid