O‘zbekiston | 09:40 / 03.12.2024
1355
2 daqiqa o‘qiladi

Noyabrda qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani aytildi

Statistika agentligi 2024 yil noyabr oyi uchun palov indeksini e’lon qildi.

Foto: changeinuzbekistan.com

Unga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 34 500 so‘m bo‘lgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida – 1 porsiyasi 22 200 so‘mdan sotilgan.

Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxlar quyidagicha bo‘lgan:

🔸Qoraqalpog‘iston R. – 25 700 so‘m
🔸Andijon viloyati – 30 200 so‘m
🔸Buxoro viloyati – 33 700 so‘m
🔸Jizzax viloyati –28 800 so‘m
🔸Qashqadaryo viloyati – 30 700 so‘m
🔸Navoiy viloyati – 26 800 so‘m
🔸Namangan viloyati – 22 200 so‘m
🔸Samarqand viloyati – 30 500 so‘m
🔸Surxondaryo viloyati – 28 600 so‘m
🔸Sirdaryo viloyati – 25 700 so‘m
🔸Toshkent viloyati – 27 300 so‘m
🔸Farg‘ona viloyati – 26 600 so‘m
🔸Xorazm viloyati – 30 000 so‘m
🔸Toshkent shahri – 34 500 so‘m

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyi yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini obektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan obektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.

Mavzuga oid