Sport | 23:23 / 04.12.2024
14318
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov FIE prezidentligiga saylanganidan biroz vaqt o‘tib, lavozimini ixtiyoriy ravishda topshirdi

30 noyabr kuni Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbarligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov «federatsiya samarali ishlashini ta’minlash maqsadida» shunday qaror qabul qilgan.

Foto: FIE

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov o‘z ixtiyori bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidagi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda FIE saytida so‘z boradi.

«FIE Ijroiya qo‘mitasi Usmonovning o‘z xohishi bilan federatsiya samarali ishlashini ta’minlash maqsadida FIE prezidenti sifatida vakolatlari va majburiyatlarini bajarishni to‘xtatish borasidagi qaroridan xabardor qilindi. Ijroiya qo‘mita FIE’ning uzluksiz faoliyatini ta’minlash maqsadida Usmonovning qarorini qabul qildi va ratifikatsiya qildi. Emmanuel Katsiadakis federatsiyaning vaqtincha rahbari etib tayinlandi», — deyiladi xabarda.

Ijroiya qo‘mita qarori FIE kongressiga ratifikatsiya uchun taqdim etiladi.

Alisher Usmonov 30 noyabr kuni shvetsiyalik Otto Drakenbergni ortda qoldirib, FIE rahbari etib saylangandi. 71 yoshli tadbirkor 2008 yildan 2022 yilgacha FIE rahbari bo‘lgan. Ukrainadagi urush boshlangach, o‘ziga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar ortidan ushbu lavozimni tark etgan edi.

Mavzuga oid