Serbiya parlamentiga «chet el agentlari» haqidagi qonun loyihasi kiritildi
«Chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun loyihasi Skupshchinaga hukumatparast Sotsialistlar harakati deputatlari tomonidan kiritilgan. Uning rahbari, bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Vulin muntazam ravishda Rossiyaga tashrif buyuradi.
3 dekabr, seshanba kuni «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun loyihasi Serbiya parlamenti (Skupshchina)ga hukumatparast Sotsialistlar harakati deputatlari tomonidan taqdim etildi, uning rahbari bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Vulin hisoblanadi.
«Kommersant» gazetasining aniqlik kiritishicha, hujjatda «xorijiy manbalardan moliyalashtiriladigan siyosat bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar va shaxslar har bir nashrda chet el agenti maqomini ko‘rsatishi shart bo‘lishi» aytilgan. Qonunni buzganlik uchun ayrim faoliyat turlari taqiqlanadi, jinoiy jazo yoki 5 ming dinordan (konvertatsiya qilinganda: 42 yevro) 2 million dinorgacha (17 000 yevro) jarima solinadi.
Vulin: Loyiha Amerika qonuniga o‘xshash tarzda ishlab chiqilgan
Aleksandr Vulin Serbiya hukumatida BRIKS davlatlari bilan hamkorlikni nazorat qiladi. Shu bilan birga, u muntazam ravishda Rossiyaga tashrif buyuradi. 2023 yilda u «Bolqondagi Rossiya faoliyatini targ‘ib qilgani» uchun AQSh tomonidan qabul qilingan sanksiyalarga duchor bo‘ldi.
TV Pink telekanaliga bergan intervyusida Vulin, uning harakati tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi Amerikaning xorijiy agentlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonunining (FARA) o‘xshashi bo‘lib, «nohukumat tashkilotlarni chet eldan moliyalashtirishni taqiqlashi»ni aytdi. Ayni paytda, muxolifat buni Rossiya yoki Gurjistonning «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunlariga ko‘proq o‘xshash deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
12:38 / 18.12.2024
Ukraina F-16 va HHMni kuzatib borgan RF agentlarini fosh qildi
10:40 / 26.11.2024
Varlamovga «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha ish ochildi
10:44 / 17.11.2024
Millatlar ligasida fors-major. Vengriya murabbiyi hushini yo‘qotdi, Ruminiya va Kosovo o‘yinida siyosiy mojaro
11:04 / 15.11.2024