Jahon | 11:30 / 05.12.2024
4930
3 daqiqa o‘qiladi

Boltiq dengizidagi RF kemasi ekipaji Bundesver vertolyotini o‘qqa tutdi

Rossiya harbiy kemasi hamrohligidagi RF tankeri Germaniya harbiy fregati vertolyotini o‘qqa tutdi, deb yozadi dpa agentligi manbalarga tayanib. Berbok ham voqea haqida ma’lum qildi.

Foto: picture-alliance/dpa/Gero Breloer

Boltiq dengizidagi Rossiya kemasining ekipaji Bundesver vertolyotini o‘qqa tutdi. Hodisa o‘tgan hafta sodir bo‘ldi, deb xabar berdi dpa agentligi 5 dekabr, chorshanba kuni Bryusseldagi manbalarga tayanib.

Vertolyot razvedka missiyasini bajargan

Germaniya fregati bortidagi vertolyot razvedka missiyasini bajarayotgan edi, deb yozadi dpa mudofaa doiralaridagi manbalarga tayanib. Rossiya tankeriga RF harbiy kemasi hamrohlik qilgan, deya ta’kidlanadi qo‘shimcha ravishda.

Shu kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishi chog‘ida Boltiqbo‘yida ro‘y bergan voqeani qisqacha aytib o‘tdi va tafsilotlarni keltirmadi. Berbok Rossiyaning «soyadagi floti» deb ataladigan kemalari Boltiq dengizida Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishda ishtirok etayotganini ta’kidladi va mintaqada muhim infratuzilmani himoya qilish uchun patrullar sonining ko‘payishini e’lon qildi.

Dpa agentligining ta’kidlashicha, signal raketalaridan foydalanishga faqat favqulodda vaziyatlarda ruxsat etiladi. Voqeaga Rossiyaning qaysi kemasi aloqadorligi aniqlashtirilmagan. G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun tankerdan foydalanish ehtimoli haqida ham ma’lumot yo‘q.

Bundesver so‘rovi: GFRda UQKga qurol-yarog‘ berilishini qo‘llab-quvvatlash kuchaymoqda

Bundesverning yillik so‘roviga ko‘ra, Germaniyada Ukrainaga harbiy yordamni qo‘llab-quvvatlash kuchaymoqda. 25 noyabr kuni Der Spiegel'ning tadqiqotga tayanib yozishicha, so‘rov ishtirokchilarining 49 foizi Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiyadan himoyalanishda yordam taqdim etishni qo‘llab-quvvatlamoqda, bu bir yil avval qayd etilgan ko‘rsatkichdan 4 foizga yuqori.

«Germaniya uchun muqobil» va «Sara Vagenknext ittifoqi» populistik partiyalari saylovchilari, shuningdek, ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan mamlakat aholisigina Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga qarshi, deb yozadi haftalik.

Shu bilan birga, Ukrainaga qurol yetkazib berishni ma’qullash darajasi ko‘p jihatdan respondentlar Rossiyani Germaniya xavfsizligiga tahdid deb bilishiga bog‘liq, deb yozadi nashr. Umuman olganda, respondentlarning 65 foizi Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzkorligi va Rossiyaning qurol-yarog‘i ko‘payishini Germaniya uchun xavf deb biladi. Der Spiegel ta’kidlaganidek, Bundesver tadqiqoti Germaniya aholisining Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlashi kamayganini aks ettirgan boshqa so‘rovlar natijalarini rad etadi.

Mavzuga oid