Katta urushda britan armiyasi yarim yilda tugaydi, unga zaxiralar kerak - vazir o‘rinbosari
Ukrainadagi kabi katta urush boshlanadigan taqdirda, Britaniyaning muntazam armiyasi shaxsiy tarkibning hozirgi miqdorida yarim yil ichida yakson etiladi va shuning uchun Britaniya zaxira kuchlarning katta kontingentini tashkil etishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Alister Karns ma’lum qilgan.
«Bu keng ko‘lamli urushda — cheklangan intervensiyada emas. Ukrainadagi kabi urushda esa — bizning armiya, [Ukraina tomonidagi] yo‘qotishlarning hozirgi sur’atida olti oydan bir yilga qadar bo‘lgan muddatda […] sarflanib tugaydi», — degan mudofaa vaziri o‘rinbosari Londondagi Qirollik mudofaa tadqiqotlari institutida (RUSI).
U Ukraina va ittifoqchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning halok bo‘lganlar va yaradorlar qo‘shib hisoblangandagi yo‘qotishlari soni kuniga bir yarim ming atrofida bo‘layotganini eslatib o‘tgan.
Britaniya armiyasi soni — flotsiz va aviatsiyasiz, quruqlik kuchlarining o‘zi — hozirda 109 ming kishidan iborat, bu zaxiradagi 26 ming ko‘ngillini ham o‘z ichiga oladi.
Iste’fodagi dengiz piyodalari polkovnigi va Afg‘onistondagi urush faxriysi bo‘lgan Alister Karns Britaniya muntazam armiyadagilar sonini emas, balki «inqirozli holat yuzaga kelgan taqdirda tezda katta qo‘shin to‘plash uchun» aynan zaxiradagilar sonini oshirishi lozimligini aytadi.
«Zaxiralar o‘ta muhim, ular bu jarayonda mutlaq markaziy o‘rinni egallaydi, — deydi Karns. — ularsiz biz massa yarata olmaymiz, yuzaga keladigan ko‘plab harbiy vazifalarni bajara olmaymiz».
Britaniyada zaxira uchun ixtiyoriy ravishda yozilishadi; bu odamlar bo‘sh vaqtida harbiy tayyorgarlik o‘tashadi hamda buning uchun ularga pul to‘lanadi.
Avvalroq Britaniya mudofaa vazirligi shtabi boshlig‘i Toni Radakin ham RUSI tadbirida chiqish qilib, hozirda Rossiyaning Britaniyaga yoki NATOning boshqa istalgan mamlakatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum qilishi ehtimoli juda kam ekanini ta’kidlagandi.
«Rossiya buning javobi, u xoh konvensional, xoh yadroviy qurol bilan bo‘lsin, halokatli bo‘lishini yaxshi biladi», — degandi admiral Radakin.
Noyabr oyida Radakinning o‘rinbosari, general-leytenant Rob Magouen Jamoalar palatasining mudofaa qo‘mitasi a’zolari qarshisidagi chiqishida armiya buyruq berilishi hamono jangga kirishga tayyorligi va agar Rossiya NATOning Sharqiy Yevropadagi a’zolariga hujum qilgudek bo‘lsa, hech kimda ularga yordam berilmasligi haqdagi xomxayol bo‘lmasligi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024