O‘zbekiston | 08:50 / 06.12.2024
8106
2 daqiqa o‘qiladi

98 mln so‘mlik gaz ballonlarini boshqalarga berib yuborgan tumangaz xodimlari ushlandi

Farg‘ona va Andijon viloyatlarida suyultirilgan gaz va gaz ballonlarini talon-toroj qilish holatlari fosh etildi. 

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, “Oltiariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul shaxslari 153 ta aholi xonadoniga go‘yoki 2998 ta gaz ballonlarida 1 kg uchun belgilangan 1600 so‘mdan, jami 58 520 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilgani haqida elektron dasturga soxta ma’lumotlar kiritgan

Amalda esa gaz to‘ldirilgan ballonlarni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 262 million 4 ming so‘m naqd pulni talon-toroj qilgan.

Shuningdek, “Buloqboshitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul shaxslari o‘zlarining moddiy javobgarligida bo‘lgan umumiy bahosi 98 mln so‘mlik jami 235 dona suyultirilgan gaz ballonlarini hech qanday hujjatsiz boshqa shaxslarga berib yuborgan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid