Jahon | 07:51 / 06.12.2024
1920
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Oyga missiyalari 2026 va 2027 yillarga qoldirildi

Amerika kosmik agentligining Artemis II dasturi 2026 yil apreliga, Artemis III 2027 yilning o‘rtalariga qoldirildi.

Foto: AP

Astronavtlarning Oy atrofida uchishini o‘z ichiga olgan Artemis II missiyasining boshqariladigan sinov parvozi 2026 yilning apreligacha qoldirildi. Bu haqda 5 dekabr, payshanba kuni AQSh Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) rahbari Bill Nelson ma’lum qildi.

Astronavtlarni Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshiga qo‘ndirish bo‘yicha Artemis III missiyasi 2027 yilning o‘rtalariga qoldirildi.

Kechikish issiqlikdan himoyalangan ekran bilan bog‘liq muammoni hal qilish, shuningdek, SpaceX apparati ekipajsiz muvaffaqiyatli qo‘nishi va parvoz davomida yonilg‘i quyish jarayonini namoyish etish zarurati bilan bog‘liq, deya ta’kidladi NASA.

Marsga boshqariladigan parvoz yo‘lidagi bosqichlardan biri

Artemis dasturini uch bosqichda ishga tushirish qarori Donald Trampning birinchi muddatida qabul qilingan. Shuningdek, u Oy stansiyasini qurishni ham nazarda tutadi. Bu Marsga boshqariladigan parvoz sari qadamlardan biridir.

Artemis Yevropa kosmik agentligi va Airbus bilan hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutgan. U Orion kosmik kemasining asosiy elementlarini ishlab chiqarishi kerak edi.

Amerika kosmik agentligining birinchi Apollo Oy dasturi 1961-1972 yillarda amalga oshirilgan.

Mavzuga oid