O‘zbekiston | 15:11 / 07.12.2024
1094
1 daqiqa o‘qiladi

YeTTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Huseyn O‘zxan va bankning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Andi Aratinasi bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Suhbat davomida xorijiy tomon YeTTB hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholashini va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Tomonlar O‘zbekistonning YeTTB bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan respublikada mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish, ayollar va yoshlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida YeTTB bilan bankning "Ayollar biznesda" va "Yoshlar biznesda" dasturlari doirasida O‘zbekistonda ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va bank bilan doimiy ishchi aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

YeTTB shu kunga qadar O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda jami 170 ta loyihani amalga oshirgan. Umumiy loyihalar portfelining 58 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid