O‘zbekiston va Rossiya migratsiya bo‘yicha har hafta uchrashuv o‘tkazishni boshlaydi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish, O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi himoyasi va huquqlarini ta’minlashda Tashqi ishlar vazirligi oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan fikr almashildi va O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya korxonalariga mehnat faoliyatini tashkiliy ravishda jalb qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida bir qator konstruktiv kelishuvlarga erishildi. Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga ishlash uchun tashkiliy ravishda jo‘natishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Migratsiyani tartibga solish masalalarini muhokama qilish masalalarida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Rossiya elchixonasi mas’ul xodimlari o‘rtasida har hafta ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun ishchi format yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
17:48 / 20.12.2024
Rossiyadagi migrantlarning farzandlari uchun rus tili testi bepul bo‘ladi
16:49 / 19.12.2024