Jahon | 13:12 / 11.12.2024
1789
4 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: Pekin AQSh va YeIga UUA detallarini yetkazib berishni qisqartirdi

Agentlikning ta’kidlashicha, XXR hukumati siyosati Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin, chunki Ukrainadagi ko‘plab UUA ishlab chiqaruvchilari Xitoy tarkibiy qismlariga tayanadilar.

Foto: RIA Novosti

Xitoylik ishlab chiqaruvchilar AQSh va Yevropaga uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA)ni yaratishda foydalaniladigan asosiy komponentlarni sotishni cheklashni boshladilar. Bu haqda 9 dekabr, dushanba kuni manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Xitoyning siyosati Ukrainaga ta’sir qiladi

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy dvigatellar, akkumulyatorlar va dronlar parvozi kontrollerlari ishlab chiqaruvchilari sotuvlarni cheklagan yoki yetkazib berishni butunlay to‘xtatgan. Masalan, Shveytsariyadan Auterion bu haqda shikoyat qildi. U dronlar uchun dasturiy ta’minotni, shu jumladan UQK foydalanadiganlarni ta’minlaydi.

Yana bir zarar ko‘rgan firma - AQShdan Shield AI Inc. U GPS yoki operatorlarsiz ucha oladigan avtonom dronlarni ishlab chiqaradi. Kompaniya Ukrainada faol ishlamoqda, Ukraina Qurolli kuchlari uchun dronlarni yetkazib bermoqda.

Bloomberg fikricha, XXR hukumati siyosati Ukraina armiyasining jangovar samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin, chunki «Ukrainadagi ko‘plab UUA ishlab chiqaruvchilari Rossiya bilan urushning borishini o‘zgartirishga yordam beradigan arzon va samarali qurollarni yaratishda Xitoy detallariga tayanadilar».

Bloomberg AQShdan RFga mikrochiplarni yetkazish sxemasi haqida ma’lum qildi

Rossiya harbiylari AQShdan qurol yasashda ishlatiladigan chiplarni sotib olishning «ajablanarli darajada oddiy» usulini topdi, deb topdi Bloomberg. 9 dekabr kuni chop etilgan surishtiruvga ko‘ra, buning uchun Rossiya Federatsiyasidagi distribyutorlar Texas Instrumens (TI) Amerika ishlab chiqaruvchisi onlayn-katalogini klonlashdi.

Rossiya distribyutorlari rasmiy TI onlayn-do‘konidagi ma’lumotlarni o‘z veb-saytlariga integratsiyalashgan, bu esa mahsulotning oxirgi xaridorini tasdiqlashni talab qilmaydi. Bloomberg nashri yozishicha, «o‘tkazish» saytlari orqali Rossiya Federatsiyasi kompaniyalari markazlashtirilmagan tartibda chiplarga «bir necha marta bosish orqali» buyurtma berishadi va ularni uchinchi mamlakatlar orqali kichik partiyalarda olishadi. Buyurtmalarning kelib chiqishi Amerika kompaniyasidan yashirin bo‘lib chiqadi.

Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida ushbu sxema bo‘yicha 6 million dollarlik yarimo‘tkazgich mahsulotlari xarid qilingan bo‘lib, shundan 4 million dollari aynan harbiy-sanoat kompleksi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan. Yetkazib berish va to‘lash uchinchi davlatlar orqali amalga oshirildi va chiplar Rossiyaga Sea Global SCM yuk kompaniyasi hamda «Aeroflot» tomonidan yetkazilgan. Bu nisbatan oddiy chiplar Rossiyaning qurol ishlab chiqarish qobiliyatida markaziy rol o‘ynaydi, deya qayd etadi agentlik.

AQSh hukumati chip ishlab chiqaruvchilarni o‘z texnologiyalarini Rossiya harbiylari qo‘lidan saqlashda ehtiyot bo‘lishlari kerakligi haqida ogohlantirdi. Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan eshituvlarda senator Richard Blyumental kompaniyalar «Rossiyaga texnologiyalardan foydalanishdan foyda olishiga bila turib to‘sqinlik qilmayapti», deb ta’kidlagan edi.

Mavzuga oid