Britaniya birinchi marta dronni lazer yordamida urib tushirdi
Britaniya armiyasi dronlarga qarshi kurashning arzon usulini topdi.
Britaniya armiyasi birinchi marta zirhli mashinaga o‘rnatilgan yuqori energiyali lazer qurolidan muvaffaqiyatli foydalandi. Uning yordamida uchuvchisiz uchish apparati muvaffaqiyatli yo‘q qilindi, deb xabar berdi Britaniya Mudofaa vazirligi.
Sinovdan o‘tgan qurol infraqizil yorug‘likning kuchli nurini energiya ko‘rinishida nishonga yo‘naltiradi. Nishonga olishning aniqligi ilg‘or sensorlar va kuzatuv tizimlari tomonidan ta’minlanadi. An’anaviy qurol turlaridan muhim afzallik - bu o‘q-dorilar soniga cheklovning yo‘qligi. Britaniya Mudofaa vazirligi bu lazer qurollarini mavjud qurollarga nisbatan tejamkorroq bo‘lishini ta’kidladi.
Sinovlar davomida lazer Britaniya va Ukraina armiyalari tomonidan foydalaniladigan Wolfhound ko‘pmaqsadli zirhli mashinasiga o‘rnatildi. Otishma Uels markazidagi Radnor poligonida sodir bo‘ldi.
«Energiya lazer qurolini namoyish qiluvchi qurilmaning muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilishi kelajakdagi imkoniyatlar sari muhim qadamdir. Bu texnologiya qurolli kuchlarimiz samaradorligini oshirib, hozirgi va kelajakdagi tahdidlarni yengish uchun ishonchli va tejamkor vositalarni taklif qilishi mumkin», dedi Mett Kork, qurolni ishlab chiqishda ishtirok etgan Hersa Dstl jamoasi rahbari.
Avvalroq, AQSh armiyasi birinchi bo‘lib jangovar sharoitlarda lazer qurollarini muvaffaqiyatli qo‘llagan edi. Laboratoriyalar va sinov maydonchalarida lazerlar 1970 yillardan beri nishonlarni muvaffaqiyatli yo‘q qilmoqda. Ammo haqiqiy jangda hali hech kim buni uddalay olmayotgan edi.
Mavzuga oid
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
12:55 / 21.12.2024
Tatariston bo‘ylab dronlar hujumi kuzatildi
21:42 / 19.12.2024
Britaniya Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Ukrainaga o‘z instruktorlarini yuboradi
15:33 / 18.12.2024