Mirziyoyev va Putin ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Rossiya prezidentining shu yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan «yo‘l xaritasi» asosida amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yaqinda Moskva shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ikki tomonlama muzokaralarning natijalari yuqori baholandi.
O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘sishini ta’minlash, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, O‘zbekiston va Rossiya hududlari hamda ishbilarmon tashkilotlari darajasida faol muloqotlarni davom ettirishga qaratilgan o‘zaro muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Innovatsiyalar, sun’iy intellekt, ta’lim va tibbiyot sohalarida hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Noyabr oyida Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Xalqaro kun tartibidagi masalalar hamda joriy yil dekabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan mintaqaviy tashkilotlardagi ko‘p tomonlama hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:12
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
00:36 / 22.12.2024
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
00:02 / 22.12.2024